Jahon

Yerebatan — Istanbulning sirli yerosti saroyi

Qadimda shahar aholisining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirgan sardoba bugungi kunda tarixiy obida sifatida muhofaza qilinmoqda.

Yerebatan — Istanbulning sirli yerosti saroyi

 

Yerebatan sardobasi Istanbulning Yevropa tomonida joylashgan bo'lib, shaharning eng katta yopiq sardobasi hisoblanadi. Ayasofya binosining janubi-g'arbidagi kichik bir binodan kiriladigan sardoba ko’plab ustunlardan iborat boʻlib, inshootning ust qismi pishiq gʻishtdan qurilgan.

 

VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan qurilgan bu katta yerosti sardobasi suvning ustiga qurilgan va son-sanoqsiz koʻrinishga ega boʻlgan marmar ustunlar tufayli xalq orasida “Yerebatan saroyi” deb ham ataladi. Sardoba yaqinida bazilika bo’lganligi tufayli Bazilika sardobasi sifatida ham nom qozongan.


Qadimda shaharning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qurilgan sardoba bugungi kunda garchi suvi boʻlsa ham tarixiy obida sifatida muhofaza qilinadi va Istanbulga kelgan turistlar eng ko’p tashrif buyuradigan joylardan biri hisoblanadi.

 

Eski davrlarda Vizantiya imperatorlarining buyruqlari bilan aholining suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Istanbulning turli joylarida suv sardobalari qurilgan.

 

Vizantiya davrida bu hududda katta maydonni egallagan va imperatorlar va aholi istiqomat qilgan buyuk saroyning suv ehtiyojlarini qondirgan Yerebatan sardobasidan, Usmoniylar tomonidan 1453-yilda Istanbul fath qilinganidan keyin ham bir muddat foydalanilgan va sultonlar yashagan Toʻpqopi saroyi bogʻlariga suv yetkazib berilgan. Sardobadagi suv Jebejiko’y va 19 km uzoqlikdagi Belgrad o'rmonlaridan olib kelingan.


Islom ahkomlarining tozalik tamoyillariga ko’ra turg‘un suv o‘rniga oqar suvni afzal ko‘rgan Usmoniylar, shaharda o‘z suv inshootlarini qurganlaridan keyin undan foydalanilmagan.


Sardoba tashkil etilganidan buyon bir necha marta ta’mirlangan. Usmoniylar imperiyasi davrida ikki marta taʼmirlangan sardobani birinchi marta III Ahmet davrida (1723) Kayseriyalik arxitektor Mehmet ogʻa taʼmirlagan. Ikkinchi taʼmirlash esa sulton Abdulhamid II davrida (1876-1909) amalga oshirilgan.

 

Turkiya Respublikasi davrida sardoba 1987-yilda Istanbul munitsipaliteti tomonidan tozalanganidan so'ng ziyoratchilarga ochilgan va sardoba ichida diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun platforma qurilgan. Sardoba, 1994 yilda yana bir tozalik va rekonstruksiyadan o’tkazilgan.

 

Yerebatan sardobasining uzunligi 140 metrni, kengligi 70 metrni, balandligi esa 8 metrni tashkil qiladi. Umumiy maydoni 9800 m2 boʻlgan ushbu sisterna taxminan 100 000 tonna suv saqlash imkoniyatiga ega. 52 pog'onali tosh zinapoyadan tushiladigan bu sardoba ichida har biri 9 metr balandlikda 336 ta ustun o'rnatilgan bo’lib, bir-biridan 4,80 metr oraliq masofalar bilan qad rostlagan ustunlar har biri 28 ta ustundan iborat 12 qatorni tashkil qiladi.

 

Qurilishda eski ustunli toshlardan foydalanish bugungi kunda ham o'zining ajoyib ko'rinishini saqlab qolishga yordam beradi. Qurilish jarayonida 7000 qul ishlagan sardoba 38 yilda qurib bitkazildi. Ustunlardagi ko‘z yoshlari esa mish-mishlarga ko‘ra, sardoba qurilishida halok bo‘lgan qullarga ishora qiladi.

 

Sukunat va eng muhimi biroz salqinlikni his qilishingiz mumkin bo’lgan sardobadan bugungi kunda muzey sifatida foydalanilmoqda. Sardobaga har yili ko'plab horijlik va mahalliy sayyohlar tashrif buyurishadi. Yerebatan sardobasi muzey sifatida foydalanishdan tashqari turli hil konsertlar va ko’rgazmalarga ham mezbonlik qiladi.

 

Bugungi kunda sardobadagi suvda baliqlar ham bo’lib, u o'zining ajoyib atmosferasi va o'ziga xos tarixiy tuzilishi bilan tashrif buyuruvchilarni hanuzgacha hayratda qoldirib kelmoqda.

 

Istanbul sayohat dasturlarining ajralmas qismi boʻlgan bu sirli maskanga AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton, Gollandiya bosh vaziri Vim Kok, Italiya sobiq tashqi ishlar vaziri Lamberto Dini, Shvetsiya sobiq bosh vaziri Goran Persson va Avstriyaning sobiq bosh vaziri Tomas Klestil kabi ko’plab taniqli shaxslar ham tashrif buyurgan. 

 

Sardobasining kashf etilishi

 

Istanbulning zabt etilishidan bir muddat o'tib baliqchilar tomonidan kashf etilgan sardoba bugungi kunda ham tarixiy obida sifatida diqqat markazida. "Yig'layotgan ustun" deb ham ataladigan ko’z yoshi ustuni doimiy nam bo’lishi tufayli yig'lash tasvirini beradi. Ko'z yoshi ustunining orqasida tilaklar hovuzi joylashgan.

 

Sardobaga tashrif buyurganingizda, o'zingizni ekskursiyada suv ustida yurgandek his qilishingiz mumkin. Sardobadagi baliqlar esa rang-barangligi bilan kelganlarni maftun etadi. Sardobaga kirgan zahoti, birinchi qadamdanoq tarixga qaytgandek his qilib, yanada ishonchli qadamlar bilan yurishni davom ettirishingiz mumkin. Ustunlarning joylashishi yoritish tizimi tufayli ajoyib muhit yaratadi. Ikki imperiyaga guvoh bo'lgan Yerebatan sardobasi, o'zining tarixiy xususiyatlari, sirli toshlari va ustunlari bilan bugungi kunda eng ko'p tashrif buyuriladigan muzeylardan biri bo’lib qolmoqda.

 

Muallif: Moʻtabar Shermuhammedova

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"