Jahon

AQSHning sayyora ustidan hukmronligi tugadi — Dmitriy Medvedev

Shuningdek, u ko‘p qutbli dunyo davri boshlanganini aytgan.

AQSHning sayyora ustidan hukmronligi tugadi — Dmitriy Medvedev

 

AQSH xalqaro maydonda raqobatchisi yo‘q deb hisoblab xato qiladi. Bu haqda RF xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.

 

“AQSHning xalqaro maydonda o‘zini bu qadar tutishiga sabab – maʼlum payt ular o‘zlariga raqobatchi qolmagan deb hisoblashdi. Ammo ular xato qiladi, chunki hayot bir joyda turmaydi. Xalqaro munosabatlar rivojlanib, o‘zgarib bormoqda. XXR, Hindiston va nihoyat Rossiya Federatsiyasi bor. Shu sababli bir qutbli dunyo tugadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari bundan buyon Yer sayyorasining xo‘jayini hisoblamaydi”, – degan u “RIA Novosti” nashriga.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Rossiyani kimyoviy qurollar bo‘yicha ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"