Jahon

NATO Ukrainaga yordam berishda davom etadi

Ammo alyans Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga yo‘l qo‘yish niyatida emas.

NATO Ukrainaga yordam berishda davom etadi


NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, biroq alyans Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. Bu haqda  NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansi davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 


“Ittifoqchilar ertaga qo‘shimcha yordam berishga rozi bo‘lishini kutaman. Ammo biz jangovar harakatlar Ukraina chegarasidan tashqariga chiqmasligi va NATO va Rossiya o‘rtasidagi mojaroga aylanib qolmasligi uchun javobgarmiz. Bu yanada ko‘proq o‘lim va vayronagarchilikka olib keladi", - dedi alyans bosh kotibi.


Shuningdek, u “NATO ittifoqchilari 2014-yildan beri o‘n minglab ukrainalik askarlarni o‘qitgan va hozir ular oldingi safda”, deb qo‘shimcha qildi.


NATO Ukrainaga kiberxavfsizlik va kimyoviy va biologik hujumlardan himoya qilish sohasida ham yordam beradi. 


24-mart kuni tashkilotning Bryusseldagi qarorgohida Ukrainadagi vaziyat va alyans mudofaa qobiliyatini oshirish bo‘yicha NATOning favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"