Jahon

Belgiyadagi karnavalda 20 kishini avtomobil bosib ketdi

Hodisa oqibatida 5 nafar inson halok bo‘lgan.

Belgiyadagi karnavalda 20 kishini avtomobil bosib ketdi

 

Belgiyaning La-Luver shahri yaqinida an’anaviy karnavalga yig‘ilganlar ustiga avtomobil harakatlandi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea  oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida yosh bola ham bor. Shuningdek, yana bir necha kishi jarohat olgan.


Avtomobil 20 kishidan iborat olomonga borib urilgan. Polisiya haydovchini hibsga olgan. Tergov xabarlariga ko‘ra, mashinada ikki nafar yosh yigit bo‘lgan, ular politsiyadan qochishga urinib, karnaval ishtirokchilari orasiga kirib ketgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"