Jahon

Og‘ir va sekin: Putinning yordamchisi Ukraina bilan muzokaralar haqida maʼlumot berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Avstriya yoki Shvetsiya kabi neytral davlatga aylanmoqchi.

Og‘ir va sekin: Putinning yordamchisi Ukraina bilan muzokaralar haqida maʼlumot berdi

 

Kiyev bilan og‘ir muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda RF prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy maʼlum qildi.

 

Medinskiy Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. “Muzokaralar og‘ir va sekin ketmoqda. Albatta, biz buning barchasini tez bo‘lishini istaymiz... biz tez orada tinchlikka erishishni istaymiz”, – degan u.

Medinskiy muzokaralardagi asosiy vazifa murakkab masalalar ichida tezda kelishuvga kelish imkonini beruvchi nuqtani topish ekanini taʼkidlagan.

 

Shuningdek, u Ukrainaning pozitsiyasini ochiqlаgan. Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Avstriya va Shvetsiya kabi neytral davlatga aylanishni istamoqda. Bu o‘z armiyasi va flotiga ega, ammo harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaydigan davlat bo‘lishni anglatadi. Ushbu masalalar ikki davlat mudofaa vazirliklari tomonidan muhokama qilinayotgani ochiqlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Rossiya va Belarusga yangi sanksiyalar joriy etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"