Jahon

Rossiyaga qaramlikdan qutulish kerak — Yevropa Kengashi raisi o‘rinbosari

Buning uchun nima qilish kerakligi ochiqlandi.

Rossiyaga qaramlikdan qutulish kerak — Yevropa Kengashi raisi o‘rinbosari

 

Yevropaning Rossiya energetik resurslari qaramligidan qutulishi qiyin, ammo bajarsa bo‘ladigan vazifa. Bu haqda Yevropa kengashi raisi o‘rinbosari Marosh Shefovich Vashington Atlantika kengashidagi chiqishida aytib o‘tdi. U buning uchun AQSH va Yevropa hamkorligini chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi.

 

“Bugun men suhbatdoshlarimga Yevropa davlatlari hukumatlari qaysi yo‘nalishda kelishuvga erishganini tushuntirdim. Biz tezroq va ko‘proq Rossiyada qazib olinadigan uglevodorod importiga qaramligimizni kamaytirishimiz kerak. Bu o‘ta qiyin, ammo amalga oshadigan vazifa”, – degan u. Shefovichning fikricha, buning uchun suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish infratuzilmasini rivojlantirish lozim. 


Avvalroq, Boris Jonson Saudiyaga borib, neft yetkazib berishni ko‘paytirishni so‘rashi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"