Jahon

Armaniston va Turkiya “do'stlashmoqda”

Tomonlar hech qanday shartlarsiz munosabatlarni normallashtirish ustida ishlashga tayyor.

Armaniston va Turkiya “do'stlashmoqda”

 


Armaniston va Turkiya hech qanday shartlarsiz munosabatlarni normallashtirish ustida ishlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Antaliyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qilgan.

 

“Uchrashuvimiz chog‘ida biz har ikki tomon o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish va chegaralarni hech qanday shartlarsiz ochish maqsadida kelishuv jarayonini davom ettirishga tayyorligini tasdiqladik” , dedi Mirzoyan.

 

U Armaniston va Turkiya vakillari bu borada ish olib borayotganini ta’kidlab, yaqin kelajakda ijobiy natijalarga umid bildirdi. 


“Mintaqadagi barcha xalqlar, barcha davlatlar mintaqamizda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga intilayotganini ko‘rib xursandman. Va shuni aytmoqchimanki, Armaniston tinch va barqaror mintaqaga ega bo‘lishga tayyor”, deya qo‘shimcha qildi vazir.

 

Malumot uchun: Umumiy chegaraga qaramay, Armaniston va Turkiya o'rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas. 2009-yilda Tsyurixda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish va munosabatlar tamoyillari to‘g‘risidagi protokollarni imzolagan, biroq bu hujjatlar tomonlar tomonidan ratifikatsiya qilinmagan. 2018-yil 1-mart kuni Armaniston protokollar bekor qilinganligini e’lon qildi. 2021-yilda Armaniston va Turkiya kelishuv masalalari bo‘yicha maxsus vakillarni tayinladi. Turkiyaning AQShdagi sobiq elchisi Serdar Qilich bu lavozimni Anqarada, Yerevandan esa parlament spikeri o‘rinbosari Ruben Rubinyan egalladi.


Yerevan va Anqara vakillari birinchi uchrashuvini 14 yanvar kuni Moskvada, ikkinchi uchrashuvini 24 fevral kuni Venada o‘tkazdi. Yerevan muzokaralar jarayoni dinamikasini ijobiy baholab, Turkiya bilan chegaraning ochilishi Armaniston tomoni uchun ustuvor vazifa ekanini qayd etdi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"