Jahon

AQSH senatorlari Rossiyani Interpoldan “haydalishi”ni talab qildi

Bu borada ular Baydenga murojaat bilan chiqqan.

AQSH senatorlari Rossiyani Interpoldan “haydalishi”ni talab qildi

 

Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Amerika komissiyasi Jozef Baydendan Rossiyani Interpol aʼzoligidan mahrum qilishni so‘radi.

Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Komissiya Entoni Blinken va AQSH bosh prokurori Merrik Garlandga shu mazmunda maktub jo‘natgan. Unda Jozef Baydendan Moskvani Interpol aʼzoligidan mahrum qilish so‘ralgan. Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Amerika komissiyasi tarkibiga AQSH kongressining vakillar palatasi va senat aʼzolari kiradi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy operatsiya boshlagach, uni Interpoldan chiqarish bo‘yicha bir qancha chaqiriqlar bo‘ldi. 10 mart kuni Interpol bu bo‘yicha bayonot berib, Moskva bilan hamkorlik saqlanib qolishini, ammo uning takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha alohida jarayon ishlab chiqilishini maʼlum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Rossiya Ukrainada muvafaqqiyat qozona olmasligini aytgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"