Jahon

Rossiya BMTdan Ukrainadagi AQSH laboratoriyalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni talab qildi

Ukrainada xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchi 30 ta biologik laboratoriya mavjud, — Dmitriy Polyanskiy.

Rossiya BMTdan Ukrainadagi AQSH laboratoriyalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni talab qildi

 

Rossiya Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalari faoliyati munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni talab qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.

 

Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya Federatsiyasi 11 mart kuni “AQSHning Ukraina hududidagi harbiy biologik faoliyatini muhokama qilish” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.

 

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada Pentagon bilan qo‘shma dasturlar doirasida xavfli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari bilan ishlaydigan 30 ta biologik laboratoriya mavjudligini maʼlum qilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Vladimir Zelenskiy 10-mart kuni videomurojaatida Rossiya ukrainaliklarga qarshi biologik va kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligini aytdi.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva Kiyev bakteriologik qurol ishlab chiqarayotganini daʼvo qilmoqda.

"Rossiya tomonining ayblovlari har doim uning rejalari haqida gapiradi", deydi Zelenskiy.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"