Jahon

Putin Lukashenko bilan Kremlda 5 soat suhbatlashdi

Federatsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb sanksiyalari Rossiyani yanada kuchliroq qilgan.

Putin Lukashenko bilan Kremlda 5 soat suhbatlashdi

 

Suhbatning asosiy mavzularidan biri Ukraina atrofidagi vaziyat, birinchi navbatda, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘ldi.

 

“Bizning muzokarachilar menga xabar qilganidek, maʼlum bir ijobiy oʻzgarishlar bor”, dedi Putin.

 

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari nafaqat Donbassdagi hujumga, balki Belorusga  ham bostirib kirishga tayyorlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus va Rossiyadagilar hozirgi vaziyatda “nima va kim haq” ekanini asta-sekin tushuna boshlagan.

 

Putinning soʻzlariga koʻra, soʻnggi yillarda Gʻarb Rossiyaga qarshi koʻplab sanksiyalar kiritgan, ammo bu mamlakatni yanada kuchliroq qilgan.

 

“Hozir iqtisodga shunday katta zarba berilyapti. Ammo soʻnggi yillar amaliyoti shuni koʻrsatdiki, gʻarbliklar bizga cheklov qoʻygan joyda biz yangi malakalarga ega boʻldik va eskilarini oʻsha texnologik darajada tikladik”, deb tushuntirgan u.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"