Jahon

Xitoy hech qachon Tayvan mustaqilligiga chidab turmasligini maʼlum qildi

Shuningdek, dunyoda yagona Xitoy davlati borligi taʼkidlangan.

Xitoy hech qachon Tayvan mustaqilligiga chidab turmasligini maʼlum qildi

 

Xitoy hech qachon Tayvan mustaqilligiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Syan maʼlum qildi.

 

“Biz "bir davlat – ikki tizim” tamoyili asosida tinch birlashish tarafdori bo‘lib qolyapmiz. Tayvan bo‘g‘ozining ikki qirg‘og‘i tinch asosda birlashishi uchun bor kuchimizni ishga olamiz. Ammo biz hech qachon “Tayvan” mustaqilligiga harakat qilayotgan ayirmachi kuchlarning xatti-harakatlariga chidab tura olmaymiz", – degan u.

 

U Syan dunyoda yagona Xitoy borligini, Tayvan esa uning ajralmas qismi ekanini taʼkidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Xitoyning ichki muammosi hisoblanadi va unga chet davlatlar aralashuvi maqbul emas. “AQSH va Yaponiya Tayvan masalasida qanchalik shovqin ko‘tarsa, biz davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi yo‘lida yana-da qatʼiy harakat qilamiz”, – deb qo‘shimcha qilgan rasmiy vakil.

 

Maʼlumot o‘rnida: Tayvan 1949 yildan buyon amalda XXRdan mustaqil siyosat olib boradi. U Xitoyning ajralmas qismi ekanini butun dunyo, jumladan, AQSH ham tan oladi. Shu bilan birga aksariyat davlatlar Tayvanning Xitoy tarkibiga zo‘ravonliksiz va kuch ishlatishsiz qaytishi zarurligini taʼkidlab keladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TIV AQSH bilan Pekin o‘rtasida ochiq qarama-qarshilik vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida maʼlum qilgandi. 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"