Jahon

Ukraina osmonining yopilishi yana bir urushga sabab bo‘lishi mumkin

Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud yaratilishi mumkin.

Ukraina osmonining yopilishi yana bir urushga sabab bo‘lishi mumkin

 

NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushni boshlanishiga olib keladi — Yens Stoltenberg.

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud yaratilishi Yevropada Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishi xavfini tug‘diradi. 

 

"Biz Rossiyaning mavjud havo hujumidan mudofaa tizimlari sharoitida uchish taqiqlangan hududni taʼminlay olmaymiz. Bunday harakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan keng ko‘lamli urush boshlanishini anglatadi. Bu NATO Harbiy-havo kuchlari va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv bo‘lar edi. Bu nafaqat Ukrainadagi urushning sezilarli darajada kuchayishiga olib keladi, balki NATO aʼzolari ishtirokida Yevropada keng ko‘lamli urush xavfini yaratadi", — dedi tashkilot bosh kotibi.

 

Stoltenbergning qayd etishicha, bu qaror alyans uchun og‘riqli, ammo NATO bu mojaroga barham berish uchun hamma narsani qilishi kerak.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"