Jahon

Ukrainadagi urush dunyo bozorlarini “titratish”da davom etmoqda

Hafta boshida xomashyo narxlari keskin oshdi.

Ukrainadagi urush dunyo bozorlarini “titratish”da davom etmoqda

 

Yangi hafta ko‘plab resurslar narxining keskin ko‘tarilib ketishi bilan boshlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

O‘tgan hafta davomida neft narxi 20 foizga oshdi. Dushanba kuni birja ochilishida Brent markali "qora oltin"ning bir barreli deyarli 140 dollarga yetdi.

 

Bu 2008-yilgi moliyaviy inqiroz arafasida qayd etilgan rekordga bir qadam qoldi degani (o‘shanda, neft narxi 143 dollarga yetgandi). Ikki soat o‘tib, uning bahosi 125 dollarga qaytgan bo‘lsa-da, bu 4 mart, juma kungidan 7 foizga qimmat. Narxlar oshishiga, eng avvalo, G‘arbning rus nefti savdosiga embargo qo‘yishni rejalashtirayotgani sabab bo‘lmoqda.

 

Ukraina urushi barcha xomashyo mahsulotlarining qimmatlashishiga olib keldi. Xususan, o‘tgan hafta davomida nikel narxi 19 foizga, alyuminiy narxi 15 foizga, ruh 12, mis narxi esa 8 foizga oshdi. Bugun esa nikel 10 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, alyuminiyning bir tonnasi tarixda ilk bor 4 ming dollarni tashkil etdi. Rossiya dunyoning 6 foiz alyuminiysini, 6 foiz nikeli va 3.5 foiz misini ishlab chiqaradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya energetik konserni Yevropaning rus gaziga qaramligini tan olgandi. 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"