Jahon

Rossiyaga chegaradosh davlat NATOga qo‘shilishi mumkin

Bu mamlakatda aholi fikri keskin o‘zgargani maʼlum qilindi.

Rossiyaga chegaradosh davlat NATOga qo‘shilishi mumkin

 

Finlyandiya hukumati NATOga aʼzolikni muhokama qilish uchun ochiq. Bu haqda mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo maʼlum qildi.

 

"Finlyandiyada ham, Shvetsiyada ham vaziyat o‘zgardi. Birinchidan, so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik odamlar NATOga qo‘shilishimizni yoqlaydi. Shuning uchun biz buni parlamentda muhokama qilishga ochiqmiz", — degan u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu masala samarali va imkon qadar tezkor ko‘rib chiqiladi.

 

Fevral oxirida Finlyandiya aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 53 foiz respondentlar Shimoliy Atlantika blokiga qo‘shilishni maʼqullagan. Ushbu so‘rovnomani tashkillashtirgan Yle telekompaniyasi maʼlumotlariga ko‘ra, NATOga qo‘shilish tarafdorlari 2017 yildan buyon 34 foizga oshgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Finlyandiya harbiy jihatdan neytral davlat hisoblanadi. U shu paytga qadar ham Rossiya, ham G‘arb bilan yaxshi aloqalarga ega bo‘lgan. Xelsinki YEI aʼzosi bo‘lsa-da, NATOga kirmagan. Ammo Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi asta-sekin alyans tomon xarakatlarga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina gumanitar halokat yoqasida turgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"