Jahon

Qirolichaning ahvoli britaniyaliklarni xavotirga solmoqda

Zoti oliyalari onlayn uchrashuvlarni o‘tkazib yubormoqda.

Qirolichaning ahvoli britaniyaliklarni xavotirga solmoqda

 

Buyuk Britaniyaning 95 yoshli qirolichasi Yelizaveta II koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.

 

Uning ahvoli qirollik aholisining xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Chunki qirolicha ikkita onlayn uchrashuvni bekor qildirdi. Avvalroq Bukingem saroyi qirolicha yengil vazifalarini bajarayotganini eʼlon qilgan.

 

Yelizaveta II ning ayonlari unda faqatgina kasallikning yengil alomatlari kuzatilatyoganini aytmoqda. Ammo ekspertlarning fikricha, rejalashtirilgan uchrashuvlarning bekor qilinishi qirolichaning ahvoli og‘irligini bildirishi mumkin.

 

Qirolicha so‘nggi marta chorshanba kuni telefon orqali Boris Jonson bilan uzoq suhbatlashgan.

 

22 fevral kuni Hollywood Unlocked nashri Yelizaveta IIning vafot etgani haqidagi materialni chop etgan edi. Ammo keyinroq The Guardian bu maʼlumot noto‘g‘riligini eʼlon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"