Jahon

Putin: "Men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim"

Shuningdek, u ruslarga ham alohida murojaat qilib “kuch adolat va haqiqatda” deb eslatdi.

Putin: "Men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim"

 

Rossiya prezidenti Donbassda harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Prezidentning 24-fevraldagi xalqqa murojaati federal televideniye orqali namoyish etildi.

 

Vladimir Putinga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va “Ukrainadagi millatchi kuchlar” o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar. Davlat rahbari Rossiya qo‘shni davlatni bosib olish niyatida emasligini aytgan. Uning taʼkidlashicha, operatsiyadan maqsad Ukrainani qurolsizlantirishdir. 

 

U tashqi kuchlarni Rossiya Federatsiya ishlariga aralashishga urinishdan ogohlantirdi. Davlat rahbari Moskva barcha ssenariylarga tayyor ekanini taʼkidladi.

 

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasiga ko‘ra, Federatsiya Kengashining ruxsati bilan men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim”, — dedi Vladimir Putin “Rossiya 24” telekanali orqali efirga uzatilgan murojaatida.

 

Prezident, shuningdek, ukrainalik harbiylarga murojaat qildi: “Siz xuntaga emas, xalqqa qasamyod qildingiz. Zudlik bilan qurollaringizni tashlab, uyingizga qaytishingizni so‘rayman”.

 

Hozirgi paytda Rossiya artilleriyasi Ukrainaning boshqa shaharlari: Kiyev, Xarkov, Berdyansk kabi shaharlariga ham snaryadlar otishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putinni aqlli yo‘l tutgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"