Jahon

Jastin Biberning konserti otishma bilan tugadi

4 kishi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Jastin Biberning konserti otishma bilan tugadi

 


Gollivudda Jastin Biberning konserti  otishma bilan yakunlandi. Natijada to‘rt kishi jarohat oldi.

 

Xabarlarga ko'ra, noma'lum shaxs ko'chada 10 marta o‘q uzgan.  Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda politsiya hujumchini qidirmoqda va otishma sabablarini aniqlamoqda. 

 

Uning kontsertida ko‘plab mashhurlar, jumladan Dreyk, Xlo Kardashian, Kendall Jenner, Tobey Maguayr, Leonardo Di Kaprio va boshqalar ishtirok etishdi.

 

Avvalroq AQSHning Baffalo shahridagi o'rta maktabda yuzaga kelgan otishma natijasida ikki kishi jabrlangandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"