Jahon

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri geografiyani bilmaydimi?

Elizabet Trass Lavrov bilan uchrashuvda "qovun tushirdi".

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri geografiyani bilmaydimi?

 

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Voronej va Rostovni Rossiya hududlari sifatida tan olmasligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. 

 

Trass Sergey Lavrov bilan muloqot chog‘ida rus armiyasi qismlarini darhol Ukraina chegarasi yaqinidan olib ketishni ikki marta talab qilgan. Bunga javoban Lavrov qo‘shinlar Rossiya hududida turgani va joylashuvda chegaralanmasligini maʼlum qilgan.

 

Shundan keyin Tashqi ishlar vaziri britaniyalik hamkasbiga "siz Voronej va Rostov viloyatlarida Rossiya suverenitetini tan olasiz-ku?" deb murojaat qilgan. Trass esa "Buyuk Britaniya hech qachon bu hududlarda Moskva suverenitetini tan olmaydi" deb javob bergan.

 

Vaziyatga Londonning Rossiyadagi elchisi Debore Bonnert aralashishga majbur bo‘ldi. Bonnert Britaniya bosh diplomatiga gap haqiqatdan ham Rossiya hududlari haqida ketayotganini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, vvalroq Sergey Lavrov Trass bilan uchrashuvga "kar bilan soqov suhbati" deb baho bergandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"