Jahon

Koronavirus tasdiqlangan holatlar 400 milliondan oshdi

5,7 million odam virus qurboni bo‘lgan.

Koronavirus tasdiqlangan holatlar 400 milliondan oshdi

 

9-fevralga o‘tar kechasi dunyoda koronavirus bilan zararlanganlar soni 400 millionga yetdi. Bu haqda Amerikaning Jon Hopkins universiteti xabar qildi.

 

Universitet turli mamlakatlardan va AQSHning hududiy hokimiyatlardan kelayotgan maʼlumotlarga tayanib hisob olib boradi.

 

Universitet bergan maʼlumotga ko‘ra, ayni paytgacha 400 418 441 kishida koronavirus tasdiqlangan. Virus oqibatida 5 762 518 kishi vafot etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq isroillik shifokorlar odamlarda koronavirus va grippning kombinatsiyasi bo‘lgan “flurona” variantining birinchi holatini aniqlashgani haqida xabar berilgandi.

 

Sharofat Mahmudova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"