Jahon

Telegram asoschisi WhatsApp‘dagi xavfsizlik muammolarini tanqid qildi

Forbes AQSH hukumati tuzilmalarini o‘zining asosiy mijozi sifatida ko‘rsatmoqda.

Telegram asoschisi WhatsApp‘dagi xavfsizlik muammolarini tanqid qildi

 

U Boldend startapi Meta messenjerini buzish uchun vositalar ishlab chiqqani haqida xabar bergan Forbes maqolasiga keskin fikrlar bildirdi.

 

2017-yilda ishga tushirilgan Boldend kiber urushda yordam berish uchun yechimlar ishlab chiqmoqda.

 

 

Nashrning yozishicha, Facebookʼga faol sarmoya kiritgan va Meta direktorlar kengashi aʼzosi Piter Til startap yaratishda ishtirok etgani eʼtiborga molik.

 

U tomonidan boshqariladigan tuzilma Boldendga taxminan 10 million sarmoya kiritgan. Forbes Boldendga WhatsAppʼni buzishga imkon bergan zaiflik o‘tgan yilning yanvar oyida bartaraf etilganini taʼkidlamoqda.

 

Durov bu yangilikka alohida postda munosabat bildirdi va WhatsAppʼ xabarlari "potensial hujumchilar uchun yillar davomida ochiq" ekanligini va messenjer yaratilganidan beri har doim xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar mavjudligini aytdi. 

Durovning taʼkidlashicha, u bu haqda ikki yil oldin yozgan va o‘shandan beri hech narsa o‘zgarmagan.

 

"WhatsAppʼning texnologik jamoasi juda qobiliyatsiz ekaniga ishonish qiyin. Telegram ancha zamonaviy IM-mijozi sifatida hech qachon bunday jiddiy xavfsizlik muammolariga duch kelmagan", — deya xulosa qildi Durov.

 

O‘tgan yil oxirida Durov messenjerlarni, jumladan, WhatsAppʼni AQSH rasmiylari uchun maxsus “back door” (orqa eshik) yaratib, hatto shifrlash bilan himoyalangan xabarlarga ham kirishga ruxsat berishda aybladi.

 

Maʼlumot uchun: Durov Rossiyada kriptovalyutalarning taqiqlanishi, bu ko‘plab sohalarning rivojlanishiga xalaqit qilishi haqida fikr bildirgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov 2011 yildan buyon telefonlari kuzatilishini aytganihaqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"