Jahon

Xorvatiya prezidenti Bosh vazirni "Ukraina agenti" deb atadi

Shuningdek, u Rossiyaning dushmani yoki Ukrainaning do‘sti emasliginini aytib o‘tgan.

Xorvatiya prezidenti Bosh vazirni "Ukraina agenti" deb atadi

 

Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich Ukraina Yevroittifoq tomonidan aldanayotganini aytdi. U Bryusselning Kiyevga nisbatan munosabatini mas’uliyatsizlik deb baholadi. 

 

"Bryusselning boshqa davlatlar ustidan kulgan byurokratlari Ukraina ustidan ham kulmoqda. Ular tuman sotish va qandaydir statusni va’da qilish bilan shug‘ullanadi. YI ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat o‘ta og‘ir ahvolda. Qachonlardir u rivojlangan davlat bo‘lgan, ammo hozir Ukraina YAIMning aholi jon boshiga tushadigan miqdori Kosovo bilan bir xil darajada. Bu Yevropa yoki Bryussel siyosatchilarining muvaffaqiyatimi?", - dedi Milanovich. 

 

Oldinroq prezident Ukrainani korrupsiyaga eng ko‘p botgan davlat deb atagan. 

 

Prezident so‘zlari ortidan Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich Ukrainadan rasman uzr so‘radi va hukumat pozisiyasi prezidentning qarashi bilan bir-biriga mos kelmasligini aytdi. 

 

Bunga javoban Milanovich Plenkovich "o‘zini Ukraina agentidek" tutayotganini aytib, o‘z so‘zlaridan tonmasligini ma'lum qilgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"