Jahon

Bloomberg dunyoning eng boy odamini eʼlon qildi

Bu safar ham sizning taxminingizdagi milliarder o‘z joyidami?

Bloomberg dunyoning eng boy odamini eʼlon qildi

 

Eng boy odamlarning reytingini eʼlon qilishni yoqtiradigan Bloomberg Billionaires Index(BBI) nashri o‘z amaliga sodiq qolgan holda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini tuzdi. Jadval iyul oyida Forbes jurnali eʼlon qilgan ro‘yxatdan mutlaqo farq qiladi.

 

Reytingning eng yuqori o‘rnida “eng boy odam” deb taʼriflanayotgan shaxs, Ilon Mask joy olgan. Tesla hamda SpaceX direktori joriy yil 33.8 milliard dollar foyda ko‘rgan. Ayni vaqtda uning umumiy boyli 304 mlrd. dollarni tashkil qilmoqda.

 

Qiziq fakt: Maskga Kaliforniya qonuni bo‘yicha eng kam ish haqi to‘lanadi.

 

Keyingi o‘rinda o‘tgan yilning iyul oyida dunyoning eng boy odami deb topilgan inson, “Amazon” kompaniyasi asoschisi Djeff Bezos joylashgan. Bezos 2021 yilda 3.71 mlrd. dollar sof foyda oldi. Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda “Amazon” onlayn do‘koni ho‘jayini 196 mlrd. dollar qiymatdagi mol-dunyo egasi hisoblanadi.

 

Fransiyaning eng boy odami hisoblanadigan shaxs, Bernar Arno esa umumiy 177 mlrd. dollar boylik bilan uchinchi o‘rinni band qilgan. Dunyodagi eng yirik hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “LVMH” kompaniyasi egasi bo‘lgan Arno o‘tgan yil hisobiga ko‘ra 1.14 mlrd. dollar ziyon ko‘rgan.

 

Eng boy beshlikni Bill Geyts(137 mlrd. dollar) hamda Larri Peydj(129 mlrd. dollar) yakunlagan.

 

“Meta”(Feysbook) asoschisi Mark Sukerberg esa umumiy 126 mlrd. dollar bilan ro‘yxatning 6-pog‘onasidan joy olgan.

 

Qiziq fakt: Maktabda o‘qib yurgan vaqtlari Sukerbergga Microsoft‘dan ish o‘rni taklif qilishgan, ammo Mark buni rad etgan.

 

Maʼlumot uchun, eng ko‘p tilga olinadigan milliarderlardan biri Jek Ma bu safargi boylar reytingida 34-o‘rinni band qilgan. Uning umumiy boyligi 38,6 mlrd. dollar deb baholangan.

 

Avvalroq O‘zbekiston armiyasi jahon reytingida nechanchi o‘rinda ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"