Jahon

Moheb: G‘anining ketishi Afg‘onistonga “yuz foiz” foyda bo‘ldi

Afg‘oniston hukumatining sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Hamdulloh Moheb “Amerika Ovozi” bilan suhbatda Tolibonning mamlkatga kirib kelishi va Ashraf G‘anining ketishi haqida gapirdi.

Moheb: G‘anining ketishi Afg‘onistonga “yuz foiz” foyda bo‘ldi

 

Uning taʼkidlashicha, Tolibon Kobul “darvoza”siga yetib borgach, Ashraf G‘anini Kobulda qoldirish maqsad qilingan. Biroq sobiq prezident boshqa yo‘l tutgan. Uning ketishi esa Qo‘shma Shtatlar bilan maslahatsiz va muvofiqlashtirishsiz bo‘lgan.

 

Hamrulloh Mohebning aytishicha, G‘anining Afg‘onistonni tark etish qarori “100 foiz” Afg‘oniston foydasiga ishladi.

 

Shuningdek, uning fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatga Xalilzod ham sababchi.

 

“Xalilzod Tolibonning qo‘lidan ushlab, Kobulga olib keldi. Biroq, Afg‘oniston Respublikasining qulashi uchun barcha tomonlar javobgardir”, - deydi Moheb.

 

Hamdulloh Moheb intervyusida Tolibon Pokistonning ISA harbiy razvedka byurosi ko‘rsatmasi ostida Kobulga kelganidan so‘ng prezident G‘anini “qatl qilish”ni maqsad qilgani haqida maʼlumotga ega ekanligini aytgan.

 

“Buni Afg‘oniston hukumati ham, AQSH razvedkasi ham bilar edi”, - deydi u.

 

Maʼlumot uchun, 2021 yil 15 avgustida Muhammad Ashraf G‘ani va uning qo‘l ostida ishlagan davlat xizmatchilari Afg‘onistondagi ziddiyatli vaziyat sabab mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng, oradan bir necha soat o‘tib, Tolibon hukumat tepasiga kelganini eʼlon qildi.

 

Avvalroq “Tolibon” rahbariyati BMTdan yordam so‘ragani hamda Ashraf G‘ani BAAdan Afg‘oniston aholisiga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"