Jahon

Solih: Tolibon Isroil armiyasidan ham "o‘tib tushdi"

Sobiq prezident Ashraf G‘anining birinchi o‘rinbosari Amrulloh Solih Facebookʼdagi sahifasida Tolibonning yuritayotgan siyosatini qoraladi.

Solih: Tolibon Isroil armiyasidan ham "o‘tib tushdi"

 

“Tolibonning afg‘on xalqiga ko‘rsatayotgan munosabati bir vaqtlar Isroil armiyasining falastinliklarga qilgan muomalasidan ham yomonroqdir. Biz bu zolim va bo‘ysunmas kuchga nisbatan qarshiligimizni kuchaytirishimiz kerak”, - deb yozgan Solih.

 

Shuningdek, u Tolibonning ayni vaqtda dunyo hamjamiyatidan kutayotgan yordami haqida ham yozib o‘tgan:

 

“Tilanchilik kechagi yechim emas, u bugun ham yechim bo‘lolmaydi”.

 

Amrulloh Solihning fikricha, Tolibon demokratik yo‘l, shuningdek, din bilan Pokistonning Afg‘onistondagi strategik taʼsirini kengaytirish quroli sifatida foydalangan. Bu yo‘lda esa har ikki tomondan minglab yoshlar o‘ldirilgan.

 

“Tolibonning bir toifasi dunyoga muhtoj emasligini aytsa, ikkinchisi AQSHni “siyosiy qibla” va “insoniy axloq taxti” deb ataydi. O‘rtada esa bahs, diniy qarashlar haqida hech qanday gap yo‘q”, - degan sobiq prezident o‘rinbosari o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida.

 

Avvalroq Afg‘oniston prezidenti xalqqa murojaat qilgani hamda Ahmad Masʼudning - “Biz butun Afg‘oniston uchun kurashyapmiz” – deya aytganlari haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"