Jahon

Qurayshiy: Agar xalqaro hamjamiyat Tolibon bilan aloqa qilmasa, Afg‘oniston beqarorlikka qarab ketadi

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Pokiston xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonni tark etmaslikka ko‘ndirmoqda.

Qurayshiy: Agar xalqaro hamjamiyat Tolibon bilan aloqa qilmasa, Afg‘oniston beqarorlikka qarab ketadi

 

Rasmiyning taʼkidiga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat Tolibon bilan aloqa qilmasa, mamlakat beqarorlik tomon yuradi. Bu esa terrorchi guruhlar uchun maydon hozirlaydi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Afg‘oniston masalasi ko‘tarilgan. Bunda tashkilotga aʼzo davlatlardan tashqari, Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzolarining maxsus vakillari ham ishtirok etgan. Qurayshiyning maʼlum qilishicha, yig‘ilishga Afg‘oniston ham taklif qilingan.

 

"Tolibon hukumati xalqaro hamjamiyatning qo‘llab-quvvatlashiga erishish uchun yetarlicha saʼy-harakatlar qildi, biroq dunyo mamlakatlari Tolibon hukumati bilan hamkorlik qilish uchun shartlar qo‘ymoqda”, - deydi Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmid Qurayshiy.

 

Avvalroq Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlari uchun 40 million dollardan ortiq yordam ajratgani hamda Afg‘oniston chuqur gumanitar inqiroz yoqasida turgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"