Jahon

"Tolibon" YIdan aeroportlar masalasida yordam so‘radi

Yevroittifoq o‘z navbatida boshqa moliyaviy dastur taklif qilgan.

"Tolibon" YIdan aeroportlar masalasida yordam so‘radi

 

“Tolibon” Yevropa Ittifoqidan aeroportlar faoliyatini davom ettirishda yordam so‘radi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, toliblar o‘z majburiyatlarini bajarish, xususan, Afg‘onistonni tark etish istagida bo‘lgan afg‘onlar va chet elliklarga to‘sqinlik qilmaslikka sodiqligi bilan birga yuqoridagi iltimos bilan chiqqan.

 

Yevropa Ittifoqi moliyaviy yordam bermoqchi emas. Uning o‘rniga "humanitarian +" dasturi taklif qilinmoqda. Ushbu dasturda bir qator ijtimoiy sohalar moliyalashtirilishi mumkin. Ammo buning uchun “Tolibon” quyidagi majburiyatlarni bajarishi kerak:

 

  • Xotin-qizlarga maktabga borishga imkon berish;
  •   Taʼlim dasturini xalqaro standartlarga moslashtirish;
  •   Milliy ozchilik huquqlarini himoya qilish.

 

Avvalroq "Afg‘on Mona Liza"si Italiyadan boshpana topgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"