O'zbekiston

O‘zbekistonda dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi

Har yili 1-mayga qadar chetlariga ekin ekilmagan yerlar hamda ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq organlariga taqdim etiladi.

O‘zbekistonda dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan yangi tartib joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, 2026-yil 14-iyuldan boshlab dala chetlariga ekin ekmagan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

 

Qonun bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan normalarga muvofiq, ikkilamchi ijaraga olgan shaxslar tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarining dala chetlarida — kanal, sug‘orish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida belgilangan maydon va muddatlarda maqbul ekin ekilmagani uchun jarima qo‘llanadi.

 

Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravaridan 3 baravarigacha, ya’ni 412 ming so‘mdan 1 million 236 ming so‘mgacha etib belgilangan.

 

Shuningdek, Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi har yili 1-mayga qadar mazkur maydonlarda ekin ekilmagan yerlar hamda ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq organlariga elektron shaklda taqdim etishi shart. Ushbu ma’lumotlar asosida ekin ekilmagan yer uchastkalarining tegishli qismi uchun yer solig‘i stavkasi uch baravar oshirilgan holda hisoblanadi.

 

Mazkur qonun 2025-yil 15-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 31-oktyabrda Senat tomonidan ma’qullangan. Hujjat qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan.

 

Avvalroq 2025-yil fevral oyida kuchga kirgan tartibga muvofiq, tomorqa yerlarini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uchun ham uch baravar oshirilgan soliq stavkasi joriy etilgan edi.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Surxondaryoda “Media haftalik” boshlandi

Tadbir ishtirokchilari real keyslar, amaliy treninglar va jonli muhokamalar orqali zamonaviy media jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda 2,2 million nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi

“Kreditga taqiq” xizmati orqali foydalanuvchilar o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"