O'zbekiston

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida quduqda qolib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 14-aprel kuni soat taxminan 11:30 larda “Yangifarg‘ona” MFY, Do‘stlik ko‘chasidagi uylardan birida quduq qazish jarayonida fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan.

 

Hodisa guvohlari zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkor yetib borib, quduqda hushini yo‘qotgan fuqaroni yuqoriga olib chiqqan.

 

Ma’lum qilinishicha, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Surxondaryoda “Media haftalik” boshlandi

Tadbir ishtirokchilari real keyslar, amaliy treninglar va jonli muhokamalar orqali zamonaviy media jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda 2,2 million nafardan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi

“Kreditga taqiq” xizmati orqali foydalanuvchilar o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.

custom img

O‘zbekistonda dala chetlariga ekin ekmaganlar jarimaga tortiladi

Har yili 1-mayga qadar chetlariga ekin ekilmagan yerlar hamda ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq organlariga taqdim etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"