O'zbekiston

Yoz mavsumi odatiy iqlim sharoitida kechishi kutilmoqda— O‘zgidromet

O‘zgidromet 2026-yil yoz mavsumi bo‘yicha tarqalgan keskin qurg‘oqchilik haqidagi xabarlarni rad etdi.

Yoz mavsumi odatiy iqlim sharoitida kechishi kutilmoqda— O‘zgidromet

 

“O‘zgidromet” joriy yil yoz fasliga oid ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan keskin qurg‘oqchilik kelishi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil yoz mavsumi Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan odatiy iqlim sharoitida kechishi kutilmoqda. Iqlimiy modellarga ko‘ra, hududda harorat o‘zgarishlari ko‘p yillik me’yorlar doirasida saqlanib qoladi.

 

Shuningdek, yirik daryo va soylar havzalarida suv resurslarining shakllanishi 90–110 foiz oralig‘ida, ya’ni ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

 

Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida 2026-yil uchun suv taqsimoti odatdagi me’yorlar asosida amalga oshirilmoqda.

 

Mutaxassislar, shuningdek, yoz mavsumida chang-to‘zonlar hudud uchun tabiiy va davriy hodisa ekanini, ularning anomal kuchayishi bo‘yicha ilmiy asoslar mavjud emasligini qayd etdi.

 

Orol dengizi qurigan tubida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari esa tuz va chang ko‘chishi intensivligini kamaytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

 

Umuman olganda, 2026-yil yoz fasli mintaqaga xos bo‘lgan odatiy qurg‘oqchil davr sifatida prognoz qilinmoqda.

custom img

“Ko’p san’atkorlar savodsizligini ko’rsatib qo’ydi” - Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri san’atkorlarning soliq to’lashi haqida munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda IIO xodimi 50 ming dollar porani olmadi

Noqonuniy kazino tarmog‘i bo‘yicha tergov vaqtida gumondor jinoiy javobgarlikdan qochish uchun pora bermoqchi bo‘lgan.

custom img

Rossiya Oʻzbekistonga ilk milliy kosmonavtni tayyorlashda yordam beradi

Rossiya Hukumati Oʻzbekistonning kosmik sohadagi rejalarini qo‘llab-quvvatlashini va bu yo‘nalishda o‘z tajribasini taqdim etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish soddalashtirildi

Yangi xizmat orqali foydalanuvchilar raqamni onlayn tarzda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.

custom img

“Dolzarb 100 kunlik” dasturi: “O‘zbekneftgaz” ilk natijalarni e’lon qildi

Dasturi doirasida moliyaviy barqarorlik, modernizatsiya va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha muhim natijalarga erishilgani ma’lum qilindi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti JSST bosh direktorini qabul qildi

Uchrashuvda bir qator sohalarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadbir va tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

custom img

Sanoatlashgan plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer maydonlari auksionga chiqariladi

Shu asosida 2026-yilda O‘zbekistonning har bir viloyatida kamida 5 tadan yirik loyiha boshlanadi. Loyihalar uchun suv va elektr ta’minoti xarajatlari qoplab beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"