Jahon

Erdo‘g‘an Turkiyada qurolga egalik qilishni cheklashini e’lon qildi

Qaror maktablardagi otishmalardan so‘ng qabul qilindi.

Erdo‘g‘an Turkiyada qurolga egalik qilishni cheklashini e’lon qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda o‘qotar qurolga egalik qilish tartibini qat’iylashtirish va tegishli huquqiy normalarni kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etilishini ma’lum qildi.

 

Bu qaror so‘nggi haftada maktablarda sodir bo‘lgan ikki alohida otishma hodisasi ortidan qabul qilinmoqda. Prezident Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng bu borada rasmiy bayonot bergan.

 

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Shu sababli maktablarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish va qurolga egalik qilish bo‘yicha nazoratni yanada qat’iylashtirish rejalashtirilgan.

 

“Biz o‘qotar qurol egalari tomonidan xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytiramiz hamda qonunchilikka qo‘shimcha cheklovlar kiritamiz,” — dedi Turkiya Prezidenti.

 

Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan raqamli platformalarda tarqatilayotgan yolg‘on va zararli kontentga qarshi choralar kuchaytirilishi, kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi imkoniyatlar kengaytirilishi qayd etilgan.

 

Eslatib o'tamiz, 15-aprel kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatidagi maktabda yuz bergan otishmada to'qqiz kishi halok bo'lgan va 21 kishi jarohatlangan edi. 14-aprel kuni Shanliurfa viloyatidagi maktabda o'n to'qqiz kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"