Jahon

Armanistonda Nestle bolalar ozuqasida xavfli toksin aniqlandi

Mahsulot Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalariga asosan xavfli deb baholangan.

Armanistonda Nestle bolalar ozuqasida xavfli toksin aniqlandi

Armanistonda NAN brendi ostidagi Nestlé bolalar ovqatining 9,7 tonnasi xavfli deb topilib, yo‘q qilindi. Bu haqda respublika Oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiyasiga tayanib, "News" nashri xabar berdi.

 

Idora ma’lumotiga ko‘ra, mahsulot Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalariga asosan xavfli deb baholangan. Tekshiruvlar davomida quruq, tez eruvchi, sutli va sut-kislotali bolalar ovqati tarkibida xavfli sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. U organizmga tushganda qayt qilish, ich ketishi kabi alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur partiya belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

 

Avvalroq, 2026-yil yanvar oyida Nestlé Rossiyada bolalar uchun mo‘ljallangan ayrim quruq sut va davolovchi aralashmalar partiyasini ixtiyoriy ravishda bozordan qaytarib olgan edi. Bu qaror tashqi yetkazib beruvchidan kelgan xomashyoda ham sereulid toksini bo‘lishi ehtimoli bilan izohlangan.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur komponent miqdori juda kam bo‘lib, xavf ehtimoliy xarakterga ega. Mahsulotni qaytarib olish esa global xavflarni kamaytirish siyosati doirasida amalga oshirilgan.

 

Avvalroq "HiPP" bolalar ozuqasidan ham kalamush zahari topilgan edi. Zahar shikastlangan qadoqlardan aniqlangani aytilgan. Shuningdek, mazkur ozuqani ishlab chiqaruvchisi bu holat tovlamachilik ekanini bildirgan.

custom img

Germaniya hukumati Rossiyani o‘z hududidagi obyektlarga "to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid" qilishda ayblamoqda

Rossiya Ukrainaga dron yetkazib beradigan Germaniyadagi korxonalarning joylashuvi va faoliyati haqida ochiq ma’lumot bergan.

custom img

Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni qariyb 4,9 mingga yetdi

Markaziy Osiyo davlatlarining 13 mingga yaqin fuqarosi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonida ishtirok etmoqda.

custom img

Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi — Islomobod

Tehron Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan blokada bekor qilingach muzokaralarni boshlashi mumkin.

custom img

Apple kompaniyasi rahbari o‘zgaradi

Mazkur xabar ortidan Apple aksiyalarida pasayish kuzatildi.

custom img

Eronda internet uzilishi 52 kundan oshdi — NetBlocks

Bu holat global miqyosda eng uzoq davom etgan milliy internet cheklovi sifatida qayd etilgan.

custom img

Isroil o‘z maqsadlariga erishmaguncha to‘xtamaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mintaqada istalgan vaqtda yangi voqealar yuz berishi mumkinligini ta'kidladi.

custom img

Hindistondagi pirotexnika fabrikasida sodir bo'lgan portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, portlash xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

Eron urushda yutqazsa, O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?

Eron va AQSH o‘rtasida qabul qilingan 14 kunlik otashkesimni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qaramay. Isroil Livanga qarshi hujum boshlagan edi. AQSH rasmiylari kelishuvda Livan masalasi tilgan olinmaganini daʼvo qilmoqda. Ammo ikki mamlakat o‘rtasida vositachi rolini o‘ynagan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Livan kelishuvda borligini aytmoqda. Xo‘sh, aslida vaziyat qanday, Eron bu borada qanday fikrda. Urush vaqtida Eron o‘zbekistonlik tadbirkorlarni himoya qiladimi? Shu kabi mavzularda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan suhbatlashdik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"