Jahon

Hindistondagi pirotexnika fabrikasida sodir bo'lgan portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, portlash xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan.

Hindistondagi pirotexnika fabrikasida sodir bo'lgan portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi

Hindistonning janubiy qismida joylashgan Tamil Nadu shtatidagi pirotexnika fabrikasida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib TASS ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda korxona hududida qariyb 40 nafar ishchi bo‘lgan. Portlash kuchi yuqori bo‘lgani sababli bir nechta ishlab chiqarish binolari vayron bo‘lgan.

 

Voqea oqibatida jarohatlanganlar shifoxonalarga olib ketilgan bo‘lib, ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani bildirilmoqda.

 

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Mutasaddi idoralar tomonidan portlash sabablari yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

custom img

Germaniya hukumati Rossiyani o‘z hududidagi obyektlarga "to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid" qilishda ayblamoqda

Rossiya Ukrainaga dron yetkazib beradigan Germaniyadagi korxonalarning joylashuvi va faoliyati haqida ochiq ma’lumot bergan.

custom img

Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni qariyb 4,9 mingga yetdi

Markaziy Osiyo davlatlarining 13 mingga yaqin fuqarosi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonida ishtirok etmoqda.

custom img

Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi — Islomobod

Tehron Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan blokada bekor qilingach muzokaralarni boshlashi mumkin.

custom img

Apple kompaniyasi rahbari o‘zgaradi

Mazkur xabar ortidan Apple aksiyalarida pasayish kuzatildi.

custom img

Armanistonda Nestle bolalar ozuqasida xavfli toksin aniqlandi

Mahsulot Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalariga asosan xavfli deb baholangan.

custom img

Eronda internet uzilishi 52 kundan oshdi — NetBlocks

Bu holat global miqyosda eng uzoq davom etgan milliy internet cheklovi sifatida qayd etilgan.

custom img

Isroil o‘z maqsadlariga erishmaguncha to‘xtamaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mintaqada istalgan vaqtda yangi voqealar yuz berishi mumkinligini ta'kidladi.

custom img

Eron urushda yutqazsa, O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?

Eron va AQSH o‘rtasida qabul qilingan 14 kunlik otashkesimni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qaramay. Isroil Livanga qarshi hujum boshlagan edi. AQSH rasmiylari kelishuvda Livan masalasi tilgan olinmaganini daʼvo qilmoqda. Ammo ikki mamlakat o‘rtasida vositachi rolini o‘ynagan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Livan kelishuvda borligini aytmoqda. Xo‘sh, aslida vaziyat qanday, Eron bu borada qanday fikrda. Urush vaqtida Eron o‘zbekistonlik tadbirkorlarni himoya qiladimi? Shu kabi mavzularda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan suhbatlashdik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"