Jahon

Isroil o‘z maqsadlariga erishmaguncha to‘xtamaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mintaqada istalgan vaqtda yangi voqealar yuz berishi mumkinligini ta'kidladi.

Isroil o‘z maqsadlariga erishmaguncha to‘xtamaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan bog‘liq qarama-qarshilik hali yakunlanmaganini va yaqin kunlarda vaziyatda yangi o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

U bu bayonotni Quddus shahrida Argentina prezidenti Xaver Miley bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va qo‘shma matbuot anjumani davomida bildirgan deydi Tass.

 

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil mintaqadagi xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashni davom ettiradi hamda o‘z strategik maqsadlariga erishishga qat’iy bel bog‘lagan.

 

“Biz ko‘plab natijalarga erishdik. Biroq bu hali yakun emas. Har qanday vaqtda yangi o‘zgarishlar yuz berishi mumkin”, dedi Isroil bosh vaziri.

 

Shuningdek, u Eron bilan qarama-qarshilikni “jiddiy qiyinchiliklar va katta oqibatlar davri” deb baholadi. Netanyaxu Isroil bu jarayonda AQSh bilan yaqin hamkorlik qilayotganini, ikki davlat o‘rtasidagi strategik aloqalar davom etishini ta’kidlagan.

 

Bosh vazir o‘z nutqida Argentina prezidenti Xaver Mileyning Isroilga tashriflarini ham tilga olib, har safar uning safari muhim voqealar arafasiga to‘g‘ri kelayotganini qayd etgan.

 

“Ertaga yoki undan keyin nima bo‘lishini hech kim aniq bilmaydi. Ammo biz o‘z maqsadlarimizga erishamiz”, dedi Netanyaxu.

 

Uning fikricha, Isroilning qat’iy pozitsiyasi va AQSh bilan hamkorligi mamlakat manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylar davomida AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashgan edi. Avvalroq Vashington va Tehron o‘rtasida bir muzokaralar o‘tkazilgan, biroq tomonlar uzoq muddatli siyosiy kelishuvga erisha olmagani xabar qilingan edi.

custom img

Germaniya hukumati Rossiyani o‘z hududidagi obyektlarga "to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid" qilishda ayblamoqda

Rossiya Ukrainaga dron yetkazib beradigan Germaniyadagi korxonalarning joylashuvi va faoliyati haqida ochiq ma’lumot bergan.

custom img

Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni qariyb 4,9 mingga yetdi

Markaziy Osiyo davlatlarining 13 mingga yaqin fuqarosi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tomonida ishtirok etmoqda.

custom img

Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi — Islomobod

Tehron Hormuz bo‘g‘oziga qo‘yilgan blokada bekor qilingach muzokaralarni boshlashi mumkin.

custom img

Apple kompaniyasi rahbari o‘zgaradi

Mazkur xabar ortidan Apple aksiyalarida pasayish kuzatildi.

custom img

Armanistonda Nestle bolalar ozuqasida xavfli toksin aniqlandi

Mahsulot Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalariga asosan xavfli deb baholangan.

custom img

Eronda internet uzilishi 52 kundan oshdi — NetBlocks

Bu holat global miqyosda eng uzoq davom etgan milliy internet cheklovi sifatida qayd etilgan.

custom img

Hindistondagi pirotexnika fabrikasida sodir bo'lgan portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, portlash xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

Eron urushda yutqazsa, O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?

Eron va AQSH o‘rtasida qabul qilingan 14 kunlik otashkesimni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qaramay. Isroil Livanga qarshi hujum boshlagan edi. AQSH rasmiylari kelishuvda Livan masalasi tilgan olinmaganini daʼvo qilmoqda. Ammo ikki mamlakat o‘rtasida vositachi rolini o‘ynagan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Livan kelishuvda borligini aytmoqda. Xo‘sh, aslida vaziyat qanday, Eron bu borada qanday fikrda. Urush vaqtida Eron o‘zbekistonlik tadbirkorlarni himoya qiladimi? Shu kabi mavzularda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan suhbatlashdik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"