O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 21-aprel kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti ertaga Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

 

Bo‘lajak tadbirlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari muhokama qilinadi.

 

Shavkat Mirziyoyev ushbu masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi, milliy pavilyonlardan iborat maxsus ekologik ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.

 

Sammitlar yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

custom img

Rossiya Oʻzbekistonga ilk milliy kosmonavtni tayyorlashda yordam beradi

Rossiya Hukumati Oʻzbekistonning kosmik sohadagi rejalarini qo‘llab-quvvatlashini va bu yo‘nalishda o‘z tajribasini taqdim etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish soddalashtirildi

Yangi xizmat orqali foydalanuvchilar raqamni onlayn tarzda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.

custom img

“Dolzarb 100 kunlik” dasturi: “O‘zbekneftgaz” ilk natijalarni e’lon qildi

Dasturi doirasida moliyaviy barqarorlik, modernizatsiya va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha muhim natijalarga erishilgani ma’lum qilindi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti JSST bosh direktorini qabul qildi

Uchrashuvda bir qator sohalarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadbir va tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

custom img

Sanoatlashgan plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer maydonlari auksionga chiqariladi

Shu asosida 2026-yilda O‘zbekistonning har bir viloyatida kamida 5 tadan yirik loyiha boshlanadi. Loyihalar uchun suv va elektr ta’minoti xarajatlari qoplab beriladi.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"