O'zbekiston

Sanoatlashgan plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer maydonlari auksionga chiqariladi

Shu asosida 2026-yilda O‘zbekistonning har bir viloyatida kamida 5 tadan yirik loyiha boshlanadi. Loyihalar uchun suv va elektr ta’minoti xarajatlari qoplab beriladi.

Sanoatlashgan plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer maydonlari auksionga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yer resurslaridan yanada samarali foydalanishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda yer munosabatlarini isloh qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, yer ajratish vakolati hokimlardan olinib, yer uchastkalarini auksion orqali realizatsiya qilish tartibi joriy etildi. Shu davrda 616,3 ming gektar yer auksion orqali ajratildi, byudjetga 1,4 trillion so‘m tushum ta’minlandi.

 

Yerning haqiqiy egasi paydo bo‘lishi natijasida har bir gektardan olinayotgan daromad 3 karra oshib, 50-60 million so‘mga yetgan. Bugun ushbu yerlarda har yili 539 trillion so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 2,1 milliard dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.

 

Shu bilan birga, sohada hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalar ham borligi ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, yerlar auksion orqali ajratilayotgan bo‘lsa-da, ijarachilarning undan foydalanishdagi mustaqilligi hali yetarli emas. Shu sababli 117,6 ming gektar yer hozirgacha sotilmasdan turibdi.

 

Shu bois qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishning yangi tizimini joriy etish, joriy yilda yana 100 ming gektar yerni yangi tartib asosida auksionga chiqarish rejalashtirilgan. Bu borada, ayniqsa, yerdan foydalanishda iqtisodiy rag‘batlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Xabarga ko‘ra, o‘tgan yili vodiy viloyatlari, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda sotilgan yerlarda ekinlarni mustaqil joylashtirish bo‘yicha joriy etilgan tajriba yaxshi samara bergani ta’kidlandi. Xususan, 2025-yilda 20 ming gektar yerning 16 ming gektarida tadbirkorlar o‘zlari tanlagan yuqori daromadli va eksportbop ekinlarni ekib, 150 million dollarlik eksport uchun zamin yaratgan. Endi ushbu tajribani kengaytirish, yerdan foydalanuvchilarga yanada ko‘proq iqtisodiy erkinlik berish muhimligi qayd etildi.

 

Sanoatlashgan plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 50 gektardan 500 gektargacha yer uchastkalarini auksionga chiqarish, shu asosida joriy yilning o‘zida har bir viloyatda kamida 5 tadan yirik loyihalarni boshlash belgilandi. Ushbu loyihalar uchun suv va elektr ta’minoti xarajatlarini qoplab berish, 3-yillik imtiyozli davr bilan 7-yilgacha arzon kreditlar ajratish, kredit foiz stavkalarini kompensatsiya qilib berish, yetishtirilgan mahsulotni qadoqlash xarajatlarining 50 foizgacha qismini subsidiyalash kabi qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash joriy etilishi ta’kidlandi.

 

custom img

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti JSST bosh direktorini qabul qildi

Uchrashuvda bir qator sohalarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadbir va tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"