O'zbekiston

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, javobgar O.H.dan daʼvogar M.D. foydasiga bir nafar farzandni olib berish belgilangan.

 

Ular bir dunyo orzu-umidlar bilan oila qurgan va oilada o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Shunday ulug‘ neʼmatga shukrona keltirish, farzandni komil inson etib tarbiyalash ota-onaning burchi edi.

 

Biroq, er-xotinning kelishmovchiligi tufayli oila parokanda bo‘ldi, gulday farzand aro yo‘lda qoldi. Uning tarbiyasi, salomatligiga endi kim qayg‘uradi?

 

Shunday vaziyatda ona sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 4 yashar bolani otasidan onasining tarbiyasiga olib berish belgilangan.

 

Majburiy ijro byurosining Buvayda tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va huquqiy tushuntirishlar natijasida bola ona tarbiyasiga sog‘-salomat olib berildi va ijro hujjati ijrosi amalda tamomlandi.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"