Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi
Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

Jizzax viloyatida qarzdorlikka qarshi kurash doirasida Majburiy ijro byurosi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorligida avtotransport vositalarini aniqlash va qidirish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalarida tashkil etilgan bo‘lib, maxsus ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.
Olib borilayotgan reydlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Jumladan, tadbirlar davomida 293 ta avtotransport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirildi. Ularning 197 tasi qidiruvda bo‘lganligi aniqlandi.
Reyd tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.








