O'zbekiston

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida chet elga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolarni aldagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari Xatirchi tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni Bolgariyaga ishga jo‘natish uchun barcha hujjatlarni tayyorlab berishini aytgan. U xizmatlari evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida ham shu kabi holat aniqlangan. Toshkent viloyatida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan shaxs ikki nafar fuqaroni Isroilga ishga yuborish va ishchi vizasini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U bu xizmatlar uchun 20 ming AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u so‘ralgan mablag‘ning 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mutasaddilar fuqarolarni chet elga ishga jo‘natish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan takliflarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi yoki tegishli litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari orqali murojaat qilish tavsiya etilmoqda.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"