O'zbekiston

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Media haftalikning navbatdagi bosqichiga Qashqadaryoda start berildi. Haftalikning birinchi kuni mazmunli va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda yakunlandi. Tadbir doirasidagi mashg‘ulotlar ishtirokchilarning nafaqat nazariy bilimlarini oshirish, balki ularni real keyslar asosida sinovdan o‘tkazishga qaratildi.

 

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, ilk kun davomida 40 dan ortiq media sohasi vakillari bir maydonga jam bo‘ldi. Mashg‘ulotlarda reportaj tayyorlash uslublari, kontent yaratish tamoyillari hamda sun’iy intellekt davrida axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, haftalik davomida yana bir qator amaliy seminar va treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir jami besh kun davom etib, ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"