O'zbekiston

“Dolzarb 100 kunlik” dasturi: “O‘zbekneftgaz” ilk natijalarni e’lon qildi

Dasturi doirasida moliyaviy barqarorlik, modernizatsiya va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha muhim natijalarga erishilgani ma’lum qilindi.

“Dolzarb 100 kunlik” dasturi: “O‘zbekneftgaz” ilk natijalarni e’lon qildi

 

Ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ishtirokida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2026-yilning birinchi choragi yakunlari va “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Unda Boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Suhrob Hamroyev, qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Abrorjon Xudoyberganov hamda Bosh geolog Nodirbek Muhiddinov ishtirok etdi.

 

Ta’kidlanganidek, dastur doirasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, xarajatlarni optimallashtirish va mablag‘larni ustuvor ishlab chiqarish yo‘nalishlariga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rildi.

 

Natijada, joriy yilning dastlabki choragidayoq qisqartirilgan xarajatlar va iqtisodiy samaradorlik hajmi 2,5 trillion so‘mni tashkil etdi. Tovar-moddiy resurslar narxlarini pasaytirish, debitor qarzdorliklarni undirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida qo‘shimcha 1,8 trillion so‘m mablag‘ tejaldi.

 

Sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish hisobiga saqlash xarajatlari 30 milliard so‘mga kamaytirildi. Qurilish va burg‘ilash loyihalarini optimallashtirish orqali esa 438 milliard so‘m tejaldi.

 

2026-yilda geologiya-qidiruv ishlari yangi bosqichga olib chiqildi. Respublika bo‘yicha jami 10 ming kvadrat kilometr maydonda 3D seysmik tadqiqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘pdir.

 

Yer qa’ridan samarali foydalanish maqsadida 42 ta investitsiya bloki bo‘yicha ruxsatnomalar olindi.

 

Joriy yilda “O‘zbekneftgaz” tarixidagi eng katta burg‘ilash hajmi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda 102 ta quduq burg‘ilanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 57 tasi izlov-qidiruv, 45 tasi ishlatish quduqlaridir.

 

Yil boshidan buyon 16 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi, Qoraqalpog‘istonda esa 3 ta yangi kon topildi. Bundan tashqari, 29 ta quduq ta’mirlandi.

 

Hisobot davrida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari barcha asosiy yo‘nalishlarda rejadan yuqori bajarildi. Jumladan:

  • tozalangan tabiiy gaz — 4,789 mlrd kub metr
  • gaz kondensati — 141,3 ming tonna
  • suyultirilgan gaz — 152,9 ming tonna
  • oltingugurt — 48 ming tonna
  • polietilen — 36,1 ming tonna

 

Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 169 foizga oshdi.

 

Kompaniya investitsiya siyosatini yangicha yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqmoqda. Xitoyning CNPC, BGP, XIBU, Shandong Molong va Hengyang Valin kompaniyalari bilan geologiya, burg‘ilash va texnik ta’minot bo‘yicha hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJda xodimlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat sharoitlarini yaxshilash va malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

 

Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlarning savollariga batafsil javob berildi.

custom img

Rossiya Oʻzbekistonga ilk milliy kosmonavtni tayyorlashda yordam beradi

Rossiya Hukumati Oʻzbekistonning kosmik sohadagi rejalarini qo‘llab-quvvatlashini va bu yo‘nalishda o‘z tajribasini taqdim etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish soddalashtirildi

Yangi xizmat orqali foydalanuvchilar raqamni onlayn tarzda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti JSST bosh direktorini qabul qildi

Uchrashuvda bir qator sohalarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadbir va tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

custom img

Sanoatlashgan plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer maydonlari auksionga chiqariladi

Shu asosida 2026-yilda O‘zbekistonning har bir viloyatida kamida 5 tadan yirik loyiha boshlanadi. Loyihalar uchun suv va elektr ta’minoti xarajatlari qoplab beriladi.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"