O'zbekiston

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni hajda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Noqonuniy yo‘llar bilan hajga borish qonunbuzarlik hisoblanib, deportatsiya va katta miqdordagi jarimalarga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni hajda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni haj safarini amalga oshirishda firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslikka chaqirdi.

 

Idora ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj safariga oid asossiz va noqonuniy takliflar ko‘paygan. Natijada, o‘tgan yili yuzlab o‘zbekistonliklar norasmiy yo‘llar orqali hajga borib, ibodatlarini to‘liq ado eta olmagan.

 

Qayd etilishicha, ayrim holatlarda fuqarolar deportatsiya qilingan, jarimaga tortilgan, hatto jiddiy oqibatlar kuzatilgan.

 

Ta’kidlanishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi haj safarlarini Saudiya Arabistoni bilan tuzilgan rasmiy kelishuvlar asosida tashkil etadi.

 

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni qonunchiligiga muvofiq, haj ziyorati faqat vakolatli tashkilotlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Noqonuniy yo‘llar bilan hajga borish qonunbuzarlik hisoblanib, deportatsiya va katta miqdordagi jarimalarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan fuqarolarga haj safarini faqat rasmiy, davlat tomonidan tashkil etiladigan yo‘nalishlar orqali amalga oshirish tavsiya etildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"