O'zbekiston

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Hududda 24/7 kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari boshlandi.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Yangi hayot” MFY hududida noqonuniy chiqindixona yuzaga kelgani aks etgan videomateriallar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ishchi guruhi tomonidan hududga tezkor chiqilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, chiqindilar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanmagan joylarga tashlangani sababli to‘planib qolgani aniqlangan. Hudud avval sanitar tozalash xizmatlarining reja-grafik ishlariga kiritilmagan bo‘lsa-da, Agentlik tomonidan zarur choralar ko‘rilgan.

 

Shuningdek, Agentlik huzuridagi kuzatuv va nazorat bo‘limi tomonidan hududga 24/7 rejimda ishlovchi zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu texnik vositalar orqali noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini aniqlash, oldini olish hamda qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"