O'zbekiston

Zargarlik bilan shug‘ullanuvchilarga QQSning 80 foizi qaytariladi

Mazkur tartib 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Zargarlik bilan shug‘ullanuvchilarga QQSning 80 foizi qaytariladi

O‘zbekistonda zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) bir qismini qaytarish tartibi joriy etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

 

Vazirlar mahkamasining 9-apreldagi qarori bilan “Zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish hamda QQS bazasini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

 

Hujjatga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga 2026-yil 1-yanvardan boshlab to‘langan QQSning 80 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.

 

Qayd etilishicha, tadbirkorlar soliq hisobotini topshirgandan so‘ng, biroq uch oydan kechiktirmasdan to‘langan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilish huquqiga ega. Murojaatlar avtomatlashtirilgan dastur orqali ko‘rib chiqiladi.

 

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi: 

 

• hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar byudjetga to‘liq to‘langanda; 

 

• hisobot davrida soliq davrida zargarlik buyumlarini o‘zida ishlab chiqarilgan va (yoki) sotishdan (realizatsiya) qilishdan umumiy tushum tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadning kamida 80 foizini tashkil qilganda; 

 

• hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

 

Yuqoridagi shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga to‘langan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi. Soliq organi to‘langan soliqning bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida xulosa berganda, bu haqida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarishni rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilgan holda xabarnoma yuboriladi. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarishni rad etish to‘g‘risidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.

 

Shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar soliq bazasini zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ular tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlaydi.

 

Avvalroq 111 ta zargarlik korxonalariga 3,7 mlrd so‘m QQS qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"