O'zbekiston

Samarqandda 1-sinf o‘quvchisiga hujum qilgan ayol sudga berildi

Ayol maktabga kelgan vaqtida urgan bolalarning onalari uni kulib qarshi olganidan jahli chiqqanini aytgan.

Samarqandda 1-sinf o‘quvchisiga hujum qilgan ayol sudga berildi

Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan ayolga oid ish sudga yuborildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

 

Hodisa 3-aprel kuni Qo‘shrabot tumanidagi 53-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgandi. Darsdan so‘ng uyga qaytayotgan 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan nizodan keyin, 6-aprel kuni janjalda jabrlangan bolaning 45 yoshli onasi maktabga kelgan.

 

Ayol sinf xonasida o‘quvchilar va ota-onalar oldida janjal ko‘targan hamda o‘g‘lini urgan deb gumon qilingan sinfdosh bolalarni urgan.

 

O‘qituvchining aytishicha, u voqea haqida xabar topgach, o‘quvchilarning ota-onalarini maktabga chaqirgan va ular bilan suhbat o‘tkazgan. Biroq keyinchalik sinfga kirganida ayol allaqachon u yerda bo‘lgan va o‘g‘lini qaysi bola urganini so‘ragach, janjal boshlanib ketgan.

 

Holat yuzasidan ayol o‘z harakatini izohlar ekan, hissiyotga berilib ketganini tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

“Kelgan vaqtimda urgan bolalarning onalari meni kulib qarshi oldi. Ularni ko‘rib mening jahlim chiqdi. ‘Ravshan kim?’ dedim. ‘Tur bolam’, dedi Ravshanning onasi. Men u bolalarni tanimayman ham. Jahlim chiqqandan ularni urib ketdim. Men onaman. O‘zimni bosolmasdan u bolajonlarni urib yubordim. Qilgan ishimdan afsusdaman. Bunday holat takrorlanmasligini xohlayman”, — degan u.

 

Mazkur voqea bo‘yicha Qo‘shrabot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan uch nafar voyaga yetmagan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Shuningdek, bolalarni urgan ayolga nisbatan kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) bo‘yicha ham ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"