O'zbekiston

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Mintaqadagi vaziyat keskinlashayotgani sababli gavjum joylarga bormaslik va mahalliy ko‘rsatmalarga amal qilish tavsiya etildi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

 

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, ulardan yuqori darajada ehtiyotkor bo‘lishni so‘radi.

 

Diplomatik vakolatxona fuqarolarga gavjum joylarga bormaslik, zaruratsiz ayrim hududlarda harakatlanmaslik, mahalliy hokimiyat organlari ko‘rsatmalariga qatʼiy amal qilish hamda yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishni tavsiya etdi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zi bilan olib yurish muhimligi taʼkidlandi.

 

Mazkur murojaat mintaqadagi xavfsizlik vaziyati keskinlashib borayotgan bir paytda yangradi. Xususan, AQSH Davlat departamenti Amerika elchixonasining ayrim xodimlari va ularning oila aʼzolariga Isroil hududini tark etishga ruxsat berganini maʼlum qildi. Ularga tijorat aviareyslari mavjud bo‘lgan davrda mamlakatni tark etish tavsiya etilgan.

 

Shuningdek, The New York Times nashri favqulodda choralar Eron hududiga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyotga tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini yozgan. Nashrga ko‘ra, bunday ssenariy mintaqadagi keskinlikning yana-da kuchayishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

 

Elchixona O‘zbekiston fuqarolarini vaziyatni rasmiy manbalar orqali kuzatib borishga va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"