O'zbekiston

Buxoroda Telegram’da onlayn fohishaxona tashkil qilgan yigit ushlandi

21 yoshli yigit messenjerida maxsus kanal tashkil etib, unda ayollarning suratlarini joylashtirgan va ularning xizmatlarini muayyan pul mablag‘i evaziga taklif qilib kelgan.

Buxoroda Telegram’da onlayn fohishaxona tashkil qilgan yigit ushlandi

 

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida 21 yoshli fuqaroning moddiy manfaat orttirish maqsadida qonunga xilof faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, u Telegram messenjerida maxsus kanal tashkil etib, unda ayollarning suratlarini joylashtirgan hamda ularning xizmatlarini soatbay va tunbay ko‘rinishda muayyan pul mablag‘i evaziga taklif qilib kelgan.

 

Joriy yilning 12-fevral kuni soat taxminan 15:00 larda u Buxoro shahridagi xonadonlardan birida mijozga jinsiy aloqa uchun o‘zining Telegram guruhidagi ayollardan birini 400 ming so‘m evaziga gaplashib bergan. Ushbu xizmat uchun vositachi sifatida 100 ming so‘m miqdorida haq talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida u 100 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"