O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar zaharlanishi bo‘yicha 10 kishi qamoqqa olindi

1 kishiga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar zaharlanishi bo‘yicha 10 kishi qamoqqa olindi

 

2025-yil 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlangan edi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir nechta autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxonalar mas’ul shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudiga kelib tushgan ishda 11 shaxs ayblanmoqda:

 

“Shark Milk Product” MCHJ direktori va rahbarlari (R.O., S.S., F.O., A.S., R.X., M.N., D.Q.); “Governess Business” MCHJ direktori (J.X.); “Kinder Garden Group” MCHJ direktori (F.D.); “Innavation Outsourcing Servise” MCHJ direktori (I.S.); “Nishon Invest” MCHJ direktori (B.R.).

 

Ayblanuvchilar Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash yoki xizmat ko‘rsatish) va 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ayblanmoqda.

 

Hozirgi paytda 10 shaxsga qamoqqa olish, 1 shaxsga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishini ko‘rishni tayinlash masalasi hozirda o‘rganilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"