O'zbekiston

Surxondaryoda so‘nggi 9 yilda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha amalga oshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig'ilishda hududda kambag‘allikni 2,8 foizga, ishsizlikni 4,5 foizga tushirish, Termiz, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Muzrabotni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish vazifalari belgilandi.

Surxondaryoda so‘nggi 9 yilda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha amalga oshirildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi. Davlat rahbari viloyatni tabiati go‘zal, ruhi baquvvat va g‘ayrati baland insonlar yurtiga aylantirish ahamiyatini ta’kidlab, Surxondaryoni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakligini qayd etdi.

 

O‘tgan davrda viloyatda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushdi. Xitoy, AQSh, Rossiya, Hindiston, Avstriya va boshqa davlatlar bilan 10 milliard dollarlik investitsiya va savdo kelishuvlari amalga oshirildi. So‘nggi to‘qqiz yilda bog‘cha qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshdi, 23 ta yangi maktab qurildi va 448 tasi ta’mirlandi, qo‘shimcha 102 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi.

 

Bu davrda 688 ta ko‘p qavatli uy qurilib, 32 ming oila yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tdi. Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Boysun tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil qilindi. Termiz shahri va 10 tuman aholisi uchun ichimlik suv ta’minoti yaxshilanishi “To‘palang ombori suvidan foydalanish” loyihasi orqali ta’minlandi.

 

Yig‘ilishda viloyat hokimi va tuman rahbarlariga 2026-yilda investitsiyalarni 3 milliard dollarga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifalari belgilandi. Kambag‘allikni 2,8 foizga, ishsizlikni 4,5 foizga tushirish va Termiz, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Muzrabotni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Hudud iqtisodiyotida sanoat ulushi so‘nggi 9 yilda 5 karra o‘sib, 10 foizga yetdi, ammo bu hali yetarli emas. Viloyatda 100 million tonna ko‘mir zaxirasi mavjud bo‘lib, yiliga atigi 1 foizi qazib olinmoqda. Joriy yilda Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv” va kelasi yilda “Fangart” konlarida ko‘mir qazib olish ishlarini boshlash topshirildi.

 

Shuningdek, janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi ko‘mirdan polipropilen, polietilen va kauchuk ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan. Xitoylik investorlar Sariosiyodagi “Qorakon”, “Jemsonit”, “Chuqur” va “Bayram-1” konlariga 1 milliard dollar kiritishga tayyor. Ushbu zaxiralar elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, metallurgiya va avtomobilsozlik tarmoqlari uchun xomashyo bazasini ta’minlaydi.

 

Boysundagi “Bezaktop” konida sifati Eron, Turkiya va Italiya bilan raqobatlasha oladigan tabiiy tosh zaxiralari o‘rganilmagan. Geologiya ishlarini boshlash va konlar atrofida sanoat korxonalarini joylashtirish, kamida 200 million dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"