O'zbekiston

“Arzimas jarima” bilan qutildim degan haydovchi 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “kichik jarima bilan qutildik” deya bayonot bergan haydovchi ishi kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqildi.

“Arzimas jarima” bilan qutildim degan haydovchi 10 sutkaga qamaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan haydovchi hamda xodim tomonidan maxsus tayoq (palkasi) uloqtirilgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, mazkur haydovchining yangi videosi tarqalib, unda u sodir etgan qoidabuzarligini “arzimas jarima” bilan yakunlangani haqida faxrlanib gapirgani aks etgan.

 

Xabar qilinishicha, 2003-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan A. Jumayevga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2026-yil 16-yanvardagi qarori ustidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan kassatsiya tartibida protest kiritilgan.

 

Mazkur ish Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqildi. Natijada birinchi instansiya sudining jarima qo‘llash haqidagi qarori bekor qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Sud qaroriga muvofiq, A. Jumayevga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining foto va/yoki video tasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) bilan 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"