O'zbekiston

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

 

Buxoroda 13 yoshli qiz homiladorlik holati aniqlangan. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli qizning o‘gay otasi tomonidan zo‘rlangani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan edi. Ammo Bolalar ombudsmani Kun.uz so‘roviga javoban bu ma’lumotni rad etgan. Homila 6 oylik bo'lgan vaqtda aniqlangan.

 

Gumonlanuvchi, oila a’zosi emas, balki avvaldan tanish bo‘lgan shaxs sifatida aniqlanib, hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, bola manfaatlarini himoya qilish doirasida aybdor shaxsga qonunda belgilangan eng qat’iy jazo qo‘llanilishi nazorat qilinadi.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyati uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan, va 2026-yilda davlat dasturi doirasida umrbod qamoq jazosini joriy etish ko‘zda tutilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"